Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya va ‼쾱ٴDzning ilmiy hamkorligi

‼쾱ٴDzdagi Britaniya Kengashi «Research is GREAT» nomli loyihani amalga oshirmoqda.

Бу 2015 to 2016 Cameron Conservative government номидан бўлган
Research is GREAT

‼쾱ٴDzdagi Britaniya Kengashi “Iste’dod� fondi, ‼쾱ٴDz Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, hamda Buyuk Britaniya Elchixonasi bilan hamkorlikda «Research is GREAT» nomli loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha ‼쾱ٴDz va Buyuk Britaniya orasidagi tadqiqot, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va rejalashtirishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish hamda ikki davlatdagi oliy o’quv yurtlari, muassasa va tadqiqot markazlari orasida barqaror hamkorlik aloqalarini o’rnatishga qaratilgan.

25-29 yanvar kunlari Britaniya Kengashi Toshkent tibbiyot akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, ‼쾱ٴDz davlat jahon tillari universiteti, Buxoro davlat universiteti, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi hamda Travmatologiya va ortopediya tadqiqot markazi vakillaridan tashkil topgan 30 nafar tadqiqotchilarga ilmiy loyihalar boshqaruvi va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha seminar-treninglar o’tkazmoqda. Seminar Britaniya Kengashining olimlar va menejerlar uchun mo’ljallangan dunyo miqyosida o’tkazilayotgan Researcher Connect dasturi ichiga kiradi. Dastur o’zbek tadqiqotchi va olimlariga dunyo ilmiy hamjamiyatida mustahkam o’rin egallashlari, samarali xalqaro hamkorlik o’rnatish, hamkasblari bilan o’zaro qo’llab-quvvatlash va tadqiqot natijalari bilan bo’lishishga yordam beradi.

Loyihaning keyingi bosqichi universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun Buyuk Britaniyaga ma’rifiy safarlar, hamda bu safarlarning natijalari, Buyuk Britaniya va ‼쾱ٴDz tadqiqotchilari va universitetlari orasida hamkorlikni kuchaytirish bo’yicha keyingi chora-tadbirlar taqdim qilinadigan innovatsiya va tadqiqotlar bo’yicha Respublika miqyosidagi anjuman tashkil etishni nazarda tutadi.

Buyuk Britaniyaning ‼쾱ٴDzdagi Elchisi Janob Kristofer Allan ilmiy loyihalarni boshqarish bo’yicha seminarning ochilishida qatnashdi:

Great Challenge Fund» fondidan moliyalashtirilgan bu tashabbus davlatlarimiz o’rtasidagi o’zaro aloqalarning muhim bir qismi hisoblanadi. Ushbu loyiha ‼쾱ٴDz va Buyuk Britaniya o’rtasidagi ilmiy-tadqiqot hamkorligi sifatining o’sishiga katta hissa qo’shadi.

Updates to this page

Нашр қилинган 28 yanvar 2016