携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya Elchisining 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 viloyatlariga ilk tashrifi

2015 yilning 21-23 dekabrida Buyuk Britaniyaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning bir necha shahar va viloyatlariga rasmiy tashrif buyurdi.

袘褍 2015 to 2016 Cameron Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪
British Ambassador visits regions in Uzbekistan

2015 yilning 21- 23 dekabr kunlari davomida Buyuk Britaniyaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga rasmiy tashrif buyurdi.

2015 yilning 21-23 dekabrida Buyuk Britaniyaning 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍dagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning bir necha shahar va viloyatlariga rasmiy tashrif buyurdi.

21 dekabrda Elchi Allan Samarqand shahar hokimi o鈥檙inbosari janob Umid Nazarov hamda Samarqand viloyat hokimi o鈥檙inbosari janob Xayriddin Xo鈥檍ayorov bilan uchrashuv o鈥檛kazdi. Uchrashuv davomida shaharning va viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, O鈥檢bek-Britaniya qo鈥檚hma korxonalarning faoliyati va sarmoya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi. Janob Xo鈥檍ayorov Samarqand viloyatida 2015 yilning o鈥檢ida Britaniya sarmoyalari ishtirokida 9 nafar korxona ochilganini ta鈥檏idlab o鈥檛di.

Shu kunning o鈥檢ida Elchi janoblari Shahrisabz shahriga tashrif buyurdi. Shahar hokimi o鈥檙inbosari janob Zayniddin Halilov Elchini Amir Temurning Oqsaroyi kabi asosiy tarixiy obidalarni ko鈥檙satib, shaharda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari hamda buyuk sarkardaning 680 yilligiga bag鈥檌shlangan keng ko鈥檒amli tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishtirib o鈥檛di.

22 dekabr kuni Elchi Allan Surxondaryo viloyatiga, jumladan Boysun shahriga tashrif buyurdi. Boysun go鈥檢al manzarali mintaqada joylashgan bo鈥檒ib, boy va noyob madaniyati, xalq ijodi, hunarmandchilik va etnografik me鈥檙osi bilan ajralib turadi. Elchi Allan UNESCO ko鈥檓agida ochilgan Hunarmandchilik markaziga tashrif buyurib, qadimiy hunarmandchilik usullari va xalq ijodi bilan tanishtirildi. 23 dekabrda Elchi Surxondaryo viloyati hokimi o鈥檙inbosari janob Abdujalil Abduqodirov hamda Termiz shahar hokimi o鈥檙inbosari janob Po鈥檒at Toshpo鈥檒atov bilan uchrashdi. Ular Termiz shahri va viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda investitsiya imkoniyatlari haqida ma鈥檒umot berishdi. Elchi janoblari 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 bilan Britaniyaning o鈥檢aro savdo-sotiqning hajmini oshirish ustuvor masalalardan biri ekanligini ta鈥檏idlab o鈥檛di. Buyuk Britaniya elchixonasi O鈥檢bek-Britaniya savdo va sanoat bo鈥檡icha kengashi kabi hamkor tashkilotlar bilan ish olib borib, ikki mamlakatda biznes yuritish imkoniyatlari haqida 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 va Britaniya biznes doiralarini boxabar qiladi.

Shuningdek, Elchi Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmasining boshlig鈥檌 janob To鈥檙a Bobolov bilan viloyat iqtisodiyotining muhim sohalariga, jumladan qishloq xo鈥檍aligi, irrigatsiya va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, innovatsion texnologiyalar jalb qilishning muhimligini muhokama qildi.

Bundan tashqari, Elchi Allan Termiz Davlat Universitetiga va Termiz shahridagi bir necha tarixiy obidalarga tashrif buyurdi. Toshkentga qaytib, Elchi Allan shunday dedi:

Ushbu tashrif nihoyatda foydali va qiziqarli o鈥檛di. Men tarixi boy hamda 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning iqtisodiyotiga katta hissa qo鈥檚hadigan viloyatlarga tashrif buyurdim. Ishonishimcha, mamlakatingizni va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 xalqini tushunish uchun turli viloyatlariga borish juda muhimdir. Bundan tashqari, mening tashrifim 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 va Buyuk Britaniyaning o鈥檢aro munosatablari qanchalik mustahkamligi haqidagi xabardorlikni oshirdi degan umiddaman. Mening tashrifimni uyushtirishda ko鈥檓ak ko鈥檙satgan barcha mas鈥檜l hodimlarga minnatdorman.

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 15 yanvar 2016